O‘zA O`zbek

05.09.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Qahramoni – harbiylar mehmoni

O‘zbekiston Qahramoni – harbiylar mehmoni

Markaziy harbiy okrugda O‘zbekiston Qahramoni, “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Qahramoni dastlab Markaziy harbiy okrugda yangidan bunyod etilgan Situatsion markaz faoliyati bilan tanishdi. Zamon talablari asosida jihozlangan va barcha qulayliklar yaratilgan operativ boshqaruv punkti, elektron va badiiy kutubxona hamda panoramali majmuaviy otish trenajyori sinfini ko‘zdan kechirdi.

photo_2019-09-05_01-34-54.jpg

Uchrashuvda Markaziy harbiy okrug xizmatchilari bilan birga Samarqand “Temurbeklar maktabi” tinglovchilari, Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi kursantlari, muddatli harbiy xizmatchilar ham ishtirok etdi.

Samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda H.Normurodov o‘zining hayot yo‘li, jumladan, muddatli harbiy xizmatni o‘tash chog‘ida Samarqandga harbiy qism qo‘mondonligining minnatdorchilik xati yuborilgani va bu maktub gazetada chop etilgani haqida gapirib berdi. Uchrashuv qatnashchilarining savollariga batafsil javob qaytardi.

DSC_0010+.JPG

Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov Hasan Normurodovni yuksak mukofot bilan tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tashakkurnomasini topshirdi. 

Tadbir davomida oddiy askarlar Shoislom Shoxosilov va Turg‘un Rajabov O‘zbekiston Qahramoni suratini chizib, Hasan Normurodovga sovg‘a qildilar.

4 379
G‘.HASANOV, O‘zA