O‘zA O`zbek

01.07.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

Oʻzbekiston Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun taklif yuborgan besh aʼzo assotsiatsiya nomini rasman tasdiqladi.

Qitʼa birinchiligini qabul qilish uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ham daʼvogarlik qilmoqda. Bu haqda tashkilotning Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Shuningdek, Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirganligi maʼlum qilindi.

Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor aʼzo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi.

XIX Osiyo kubogining rasmiy mezboni 2021-yilda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

1 995
OʻzA