Oʻzbekiston Savdo sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Oʻzbekiston hunarmandchiligi durdonalari” nomli kitob-albom oʻzbek, ingliz va rus tillarida nashr etildi.

Oʻzbekiston Savdo sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Oʻzbekiston hunarmandchiligi durdonalari” nomli kitob-albom oʻzbek, ingliz va rus tillarida nashr etildi. Ilk bor jahon hunarmandlarini yurtimizga jamlagan festivalga bu munosib tuhfa boʻldi.

Festival munosabati bilan chop etilgan mazkur kitob-albomda oʻzbek hunarmandchiligi va amaliy sanʼatining boy tarixi, bugungi rivojlanish tamoyillari va kelgusi istiqbollari haqida qiziqarli maʼlumotlar jamlangan. Shuningdek, unda yurtimiz va chet ellarda eʼtirof etilgan usta hunarmandlarning faoliyatiga keng oʻrin berilgan.

“Hunarmandchilikning oʻlmas anʼanalari”, “Kandakorlik-moʻjizaviy sanʼat” kabi boʻlimlarda mamlakatimizdagi milliy hunarmandchilikning oʻziga xos maktablari va ularning tarixiy ildizlariga oid manba va fotosuratlar har bir kishida katta taassurot qoldiradi. Fargʻona viloyati hamda Qoʻqon shahrining hunarmandchilik maktablari ham bu kitob-albomda aks etgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oʻzbekiston hunarmandchiligi durdonalari“ nomli kitob-albom chop etildi