11.09.2018 12:46 Chop etish versiyasi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari”: Toshkentdan Jiddaga muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Shu paytga qadar Jidda qatnovlari “Haj” dasturi doirasida bajarilgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi maʼlum qilishicha, joriy yilning 28 oktyabridan boshlab “Toshkent – Jidda – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini amalga oshiradi.
Toshkentdan Jiddaga va qaytish qatnovlari haftasiga ikki marta – seshanba va yakshanba kunlari zamonaviy Boeing-757 havo kemasida amalga oshiriladi.
• seshanba va yakshanba: HY-335 Toshkent 17:50 – Jidda 21:00
• seshanba va yakshanba: HY-336 Jidda 22:30 – Toshkent 05:10 + 1
Ilgari shu paytga qadar Jidda qatnovlari “Haj” dasturi doirasida bajarilgan.
OʻzA