O‘zA O`zbek

13.06.2019 Chop etish versiyasi

"O‘zbekiston havo yo‘llari”​dan koreyalik fuqaroning haqini undirish oson bo‘lmadi

"O‘zbekiston havo yo‘llari”​dan koreyalik fuqaroning haqini undirish oson bo‘lmadi


Minah Kim xonim 2018 yil 6 noyabrida “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi amalga oshiradigan ICN (Incheon) – TAS (Tashkent) – TLV (Tel Aviv) aviaqatnovi bo‘yicha Ispaniyaning chiptalarga buyurtma beruvchi "Travelgenio" agentligi orqali bir tomonga ikkita aviachiptani jami 1 203 177 Koreya vonga sotib olgan.

Chiptalarga buyurtma berish agentligidan dekabrdagi reyslar o‘zgarishi haqida ma’lumot olgan Kim xonim “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasidan reyslari jadvalini yuborishni so‘rgan. Biroq aviakompaniya vakili tilga olingan reyslar bo‘yicha jadvalda o‘zgarish yo‘qligini aytadi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Kim xonimga ayni aviareys boshqa muqobil reys taklif etmay, bekor qilinganini aytishgan. Shu tariqa u oxirgi manzilga yetib borish uchun boshqa aviachipta sotib olishga majbur bo‘lgan.

Keyinchalik Kim xonim "Travelgenio" agentligidan ham, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasidan ham noiloj tarzda ishlatilmay qolgan bron pulini qaytarishni iltimos qiladi. Shundan so‘ng chiptani bron qilib bergan agentlik 2019 yil 
29 yanvarida ​608 448 vonni (bitta bron uchun) qaytaradi. 

Ammo unga ikkinchi bron uchun hamon puli qaytarilmayotganidan norozi bo‘lgan. Shu tariqa Koreya iste’molchilar agentligi tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasga Koreya fuqarosi Minah Kimning arizasi kelib tushdi. ​

Natijada Federatsiya tomonidan koreyalik iste’molchining 776 dollar mablag‘i “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Seuldagi vakolatxonasi orqali qoplab berilishiga erishildi.

​ESLATIB O‘TAMIZ, 2018 yilning 13 dekabrida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Koreya Respublikasi iste’molchilar agentligi o‘rtasida ikki mamlakat fuqarolarining iste’molchi sifatida buzilgan huquqlarini tiklash, tarnschegaraviy murojaatlarni ko‘rib chiqish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur hujjatga muvofiq, joriy yildan boshlab O‘zbekiston hududida bo‘lgan Koreya Respublikasi fuqarolari taklif, shikoyat va ariza bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “ishonch telefoni”ga yoki www.istemol.uz elektron manziliga murojaat qilishlari, xuddi shu kabi Koreya Respublikasida ishlayotgan, ta’lim olayotgan yoki bu mamlakatga sayyoh sifatida borgan yurtdoshlarimiz iste’molchi sifatida – u savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishidan qat’i nazar, huquqlari buzilgan holatlarda Koreya iste’molchilar agentligining 1372 “ishonch telefoni”ga yoki crossborder@kca.go.kr elektron manziliga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.​

Matbuot xizmati​​


845
O‘zA