O‘zA O`zbek

22.09.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston fuqarosining Fin koʻrfazi sohilida halok boʻlgani tasdiqlandi

Oʻzbekiston fuqarosining Fin koʻrfazi sohilida halok boʻlgani tasdiqlandi

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yilning 19 centyabr kuni Fin koʻrfazi sohilida Oʻzbekiston fuqarosi G.O.ning jasadi topilgani toʻgʻrisidagi OAV tarqatgan xabarni tasdiqladi, deb maʼlum qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.

Hozirda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻlim sabablarini aniqlash boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Leningrad viloyati tergov organlari bilan aloqa oʻrnatdi, hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shugʻullanmoqda, deyiladi xabarda.

2 800
O'zA