O‘zA O`zbek

28.09.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida

Oʻzbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida

Jahon banki: Biznes yuritishni yengillashtirishda eng katta islohotlar amalga oshirgan dunyodagi 20 ta top davlatlar ichida Oʻzbekiston ham eʼtirof etildi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda yengilliklarni nazarda tutuvchi eng koʻp islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni eʼtirof etdi. Bular ichida Oʻzbekistonda 5 ta yoʻnalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi.

Jahon banki xabariga koʻra, Oʻzbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar toʻlash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek tashqi savdo yoʻnalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash aʼzolari boʻlishi yuzasidan yangi talablar va audit qoʻmitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda soligʻi bilan birlashtirilgani ham alohida taʼkidlangan. Jahon banki mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham eʼtirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediatsiyadan foydalanishni ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy etilganini taʼkidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-hatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham maʼqullagan.

Adliya vazirligi ushbu yoʻnalishda islohotlarni olib borishda ishtirok etgan barcha tashkilotlar va ularning mutasaddilarini ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi.

1 449
OʻzA