O‘zA O`zbek

07.09.2018 09:54 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston “Egmont” guruhi bilan faoliyatni kengaytiradi

Oʻzbekiston “Egmont” guruhi bilan faoliyatni kengaytiradi
“Egmont” guruhi — moliyaviy razvedka boʻlinmalari xalqaro tashkiloti boʻlib, dunyoning 130 dan ortiq moliyaviy razvedkalarini birlashtiradi.

“Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari taʼminlanishi uchun masʼul maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Qaror bilan tegishli vazirlik hamda idoralar Departamentni “Egmont” guruhi faoliyatida ishtirok etish doirasidagi majburiyatlarni bajarishi uchun zarur maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.

Shuningdek, Departamentga amaliy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari bilan kelishgan holda mazkur guruh doirasida oʻtkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyalarini shakllantirishda ularning vakillari ekspertlar sifatida jalb qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, “Egmont” guruhi — moliyaviy razvedka boʻlinmalari xalqaro tashkiloti boʻlib, dunyoning 130 dan ortiq moliyaviy razvedkalarini birlashtiradi.

OʻzA
1 776