O‘zA O`zbek

13.07.2018 10:46 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston delegatsiyasi SHHTga a’zo davlatlar vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi SHHTga a’zo davlatlar vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi
2018-yilning 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida SHHTning xalqaro faoliyat masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.

Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi. Moskva shahrida Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari tomonidan xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi sharoitlarida SHHT oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlarning dolzarb mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha kelishilgan mavqe’larini amaliy tadbiq etish, boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar, avvalo, BMT, ASEAN, MDH, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zA
3 221