O‘zA O`zbek

17.09.2018 17:40 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston ham 53 davlatni birlashtirgan Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining aʼzosi hisoblanadi.

Sessiya joriy yilning 17 sentyabr kuni Italiya poytaxti Rim shahrida oʻz ishini boshladi. Uning doirasida inson sogʻligi bilan bogʻliq qator muhim masalalar, xususan, 2018 yilda Yevropada sogʻliqni saqlash holati, tibbiyotni qoʻllab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirish, mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun inson salomatligini yaxshilashga doir koʻplab yoʻnalishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasi 20 sentyabrga qadar davom etadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Axborot xizmati

1 069