Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.09.2017 10:35 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 67-sessiyasida ishtirok etmoqda

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tayotgan sessiyada sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir kun tartibiga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Evropa mintaqaviy byurosi direktorining 2016-2017-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan umumiy ish dasturi, “Salomatlik – 2020” siyosatini amalga oshirish, Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo davlatlar o‘rtasida dori-darmon ta’minoti bilan bog‘liq aloqalarni yaxshilashga doir bir qator dolzarb masalalar muhokamasi kiritilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 2012-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan yillik sessiyasida unga a’zo 53 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham “Salomatlik – 2020” strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan edi. “Salomatlik – 2020” strategiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, inson salomatligi va kelajak avlod kamolotiga salbiy ta’sir etadigan tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarning oldini olishga yo‘naltirilgan. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonda ushbu strategiyani amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va ko‘rsatmalari asosida yurtimizda bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar bugun yangi bosqichda davom etmoqda.

Sessiya ishi davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasining JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirliklari va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar olib borishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu sessiya 14-sentabrga qadar davom etadi.

O‘zA
545






Все о погоде - Pogoda.uz