O‘zA O`zbek

25.08.2018 18:02 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Isroilda hamkorlikka oid qator kelishuvlarni imzoladihamkorlikka oid qator kelishuvlarni imzoladi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Isroilda hamkorlikka oid qator kelishuvlarni imzoladihamkorlikka oid qator kelishuvlarni imzoladi
Mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Isroil davlatida boʻlib turibdi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi maʻlum qildi.

Xabarda aytilishicha, tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad – sogʻliqni saqlash tizimidagi eng soʻnggi oʻzgarishlar, boshqaruvning samarali usullari, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalari bilan tanishish, xorijiy muassasa va mutaxassislar bilan yaqin aloqalarni oʻrnatish.

Delegatsiya aʻzolari Tel-Aviv, Quddus va Xolon shaharlarida boʻlib, qator uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori A.Burxonov Xolon texnologiyalar instituti vakillari bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida markaz rahbari Oʻzbekistonda jamiyat hayotining barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar haqida soʻzlab berdi.

Uchrashuv davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati, uning vazifa va maqsadlari taqdimoti oʻtkazildi.

Muzokaralar yakunlariga koʻra, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan Xolon texnologiyalar instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat hamkorlikda yuqori texnologiyalar va zamonaviy innovatsiyalarni Oʻzbekistonda joriy qilish, birgalikda ilmiy tadqoqotlar hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi aʻzolari Isroilda sogʻliqni saqlash tizimi, vazirlik, tez tibbiy yordam, milliy tibbiy sugʻurta tizimi, davlat tibbiyot markazi, xususiy shifoxonalar, bolalar va ayollar uchun ixtisoslashgan boʻlimlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Yurak-qon tomirlari va onkologik kasalliklarga ixtisoslashgan hamda halqaro standartlar asosida yuqori sifatli xizmatlar koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarining ish tajribasini oʻrganishdi.

Vakillarimiz Xolon shahridagi “Volfson” shifoxonasi qoshida tashkil etilgan “Save Childs Heart” loyihasi ishtirokchilari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazdi.

Oʻtkazilgan muzokaralar natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi bilan Isroilning “Sheba” davlat tibbiyot markazi, “Schneider” bolalar tibbiyot markazi, “Magen David Adon” tez tibbiy xizmati hamda “LR group” kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik memorandumlari, shuningdek, ikki davlat vazirliklarining telemeditsina yoʻnalishidagi kelishuv hujjatlari imzolandi.

OʻzA
2 366