O‘zA O`zbek

05.09.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston delegatsiyasi BAA metodologiyasi bilan tanishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi BAA metodologiyasi bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliev hukumat delegatsiyasi tarkibida BAA Raqobatbardoshlilik va statistika masalalari bo‘yicha federal organida bo‘ldi. 

Tashrif Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan erishilgan kelishuvlar doirasida tashkil etildi.

Raqobatbardoshlilik va statistika masalalari bo‘yicha federal organi BAA Vazirlar Mahkamasiga hisob beruvchi federal davlat organi hisoblanadi.

Tashrif asnosida O‘zbekiston delegatsiyasi BAA Raqobatbardoshlilik va statistika masalalari bo‘yicha federal organining ma’lumotlarni yig‘ish, raqobatbardoshlilikni oshirish, raqobatbardoshlilik to‘g‘risidagi qator xalqaro hisobotlarni ko‘rib chiqish va tahlil qilish sohasidagi mamlakat milliy salohiyatini mustahkamlashga doir faoliyati bilan tanishdi. Ulardan BAAni hukumat qarashlariga muvofiq rivojlantirish, xususiy sektor vakillariga kerakli ma’lumot va tavsiyalarni taqdim etish vositasi sifatida foydalaniladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi BAA tomonidan xususiy sektorni Barqaror taraqqiyot maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish jarayoniga jalb qilish metodologiyasini o‘rgandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasida statistik faoliyat tizimini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekistonda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga doir ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha istiqbolli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi 

1 628
O‘zA