O‘zA O`zbek

12.07.2018 11:58 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida bugun “ochiq eshiklar kuni”

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida bugun “ochiq eshiklar kuni”
“Ochiq eshiklar kuni” kech soat 17:00 ga qadar davom etadi. Unga barcha yoshdagi qiziquvchilar tashrif buyurishlari mumkin.

Mazkur muzey 1876-yil 12-iyulda tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya bilan qiziquvchilar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu muzey nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyoning dastlabki yirik ilmiy-ma’rifiy muassasalaridan biri hisoblanadi.

Muzeyning ko‘rgazma zallarida hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, organik dunyo evolyutsiyasi, odamning paydo bo‘lishi, mamlakatimiz tabiati, uning boyliklari, turli hayvon tulumlari kabi juda ko‘plab eksponatlar, kolleksiyalar va ko‘rgazmali materiallar joy olgan.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi o‘zining 142 yillik faoliyati davomida tabiat, atrof-muhit va ekologiya sofligini saqlashga va yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan turli ko‘rgazmalar o‘tkazib kelinadi.

Muzey tashkil topgan kun munosabati bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” kech soat 17:00 ga qadar davom etadi. Unga barcha yoshdagi qiziquvchilar tashrif buyurishlari mumkin.

O‘zA
3 002