O‘zA O`zbek

16.09.2018 17:33 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Institutiga “Universitet” maqomi berildi

Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Institutiga “Universitet” maqomi berildi

15-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning yangi oʻquv binosini foydalanishga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

246109890_391556.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368–son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga “Universitet” maqomi berilgan edi.

246135058_392288.jpg

Bugungi kunda universitetda isteʼdodli yoshlarni saralab olish, respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya hamda milliy sport turlari boʻyicha talabalar sport klublari va jamoalarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Universitetda 5 ta fakultet mavjud boʻlib, bakalavr bosqichida 3335 nafar, magistratura bosqichida 50 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, 18 ta kafedra, 9 boʻlim mavjud. Taʼlim-tarbiya va oʻquv jarayoni 333 nafar yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, 21 nafar fan doktori, professor, 56 nafar fan nomzodi, dotsent tomonidan olib borilmoqda.

246135260_374045.jpg

5 ta oʻquv binosi, 2 ta talabalar turar joyi, 2 ta oshxona va axborot-resurs markazi, manej, boks, taekvondo, yozgi va qishki suzish havzalari, gimnastika va sport gimnastika, ogʻir atletika zallari, tennis, nayza uloqtirish maydonlari, futbol oʻyingohi faoliyat koʻrsatmoqda.

246215252_391407.jpg

Universitet bugungi kunga qadar 30 mingga yaqin oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorladi. Talabalarning aksariyat qismi sport ustalari, xalqaro toifadagi sport ustalari, xizmat koʻrsatgan sport ustalari unvonlariga sazovor boʻlishgan. Ular mamlakatimiz terma jamoalari aʼzolari tarkibida Olimpiada, Osiyo oʻyinlari va jahon chempionatlarida ishtirok etib kelishmoqda.

Hozirgi paytda Universitet tomonidan Xitoy jismoniy tarbiya va sport universiteti, Moldava davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti, Rossiyaning Pavoljiya davlat jismoniy madaniyat, sport va turizm akademiyasi, Sibir davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti, Koreya Respublikasining “Dankuk” universiteti, Germaniyaning Nemis maslahat va kouching institutlari bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Universitetda 6 nafar xorij talabasi (Rossiya, Qozogʻiston) turli sport turlari yoʻnalishida tahsil olmoqda.

Kelajakda universitet hududida 1600 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi, 600 oʻrinli oʻquv binosiga ega boʻlgan gimnastika zali, 3 ta sport inshooti qurib bitkazish hamda futbol maydoni va uning maʼmuriy binosini qayta rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

O'zA
3 547