O‘zA O`zbek

13.11.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Bosh prokurori Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Bosh prokurori Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokurori Valeriy Petrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va asosiy oʻzgarishlari haqida maʼlumot berildi.

Tomonlar hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, avvalo, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashdi.

Idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston tomoni Rossiya delegatsiyasining tashrifini ikki davlat prokuraturalari oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea, deb biladi.

Oʻz navbatida, janob Petrov mehmondoʻstlik va samimiy qabul uchun Oʻzbekiston Bosh prokurori N.Yoʻldoshevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokuraturasining asosiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash hamda prokuratura kadrlarini tizimli oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish koʻzda tutildi.

554
OʻzA