O‘zA O`zbek

19.05.2019 11:08 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston – Belarus harbiylari rejalashtirilgan hamkorlikdagi mashgʻulot yuzasidan brifing oʻtkazdi

Oʻzbekiston – Belarus harbiylari rejalashtirilgan hamkorlikdagi mashgʻulot yuzasidan brifing oʻtkazdi

Sharqiy harbiy okrugning “Gʻurumsaroy” dala-oʻquv maydonida “Jangovar hamdoʻstlik – 2019” Oʻzbekiston-Belarus harbiy xizmatchilarining hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.

Unda ikki davlat vakillari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan mashgʻulotlarning muayyan pavilyoni, rejasi hamda tartibi xususida fikr almashdi.

– Ushbu maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari davomida har ikki mamlakatning maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilari bugun dunyoning turli mintaqalarida avj olayotgan terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi murakkab va zamonaviy jang amaliyotlarini hamkorlikda qoʻllay olishini namoyish etadi, – dedi brifing davomida Oʻzbekiston tomonidan podpolkovnik Laziz Usmonov.

Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari tomonidan “Jangovar hamdoʻstlik – 2019” doirasida Belarus harbiy xizmatchilarining jannatmonand Vatanimizning madaniy merosi, goʻzal tabiati, tarixiy obidalari bilan tanishish boʻyicha tadbirlari tashkil etilishi koʻzda tutilgani taʼkidlandi.

photo_2019-05-18_23-37-32.jpg

photo_2019-05-18_23-37-43.jpg

photo_2019-05-18_23-37-57.jpg

OʻzA
2 890