Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.10.2017 11:29 Chop etish versiyasi

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tashkil etildi: uning asosiy vazifasi nimalardan iborat?

Asalarichilik tarmog‘idagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tashkil etildi.

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining asosiy vazifalari etib asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, asal yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish belgilab qo‘yildi.

Uyushma tizimiga joylarda asalarichilik tarmog‘i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 13 ta doimiy vakil kiritildi.

Ushbu qaror bilan “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lishi nazarda tutilgan.

BATAFSIL >>>


1 709






Все о погоде - Pogoda.uz