O‘zA O`zbek

05.09.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston – Amerika to‘qimachilik sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston – Amerika to‘qimachilik sohasida hamkorlik qiladi

Yaqinda Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan “Magic Las Vegas – 2019” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasining okean ortiga safari keng imkoniyatlar eshigini ochgani bilan e’tiborli bo‘ldi. 

Endi tayyor to‘qimachilik mahsulotlarimiz Amerikaga ekport qilinadi. Bu haqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur nufuzli ko‘rgazma doirasida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi va “Mefoar Judaica” LLC (AQSh) kompaniyasi o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Amerikaga 2019-2020 yillarda qiymati 1 million dollarga teng luks toifali tayyor to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beradi. Bu jarayon “Melex Teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati orqali amalaga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, “Magic Las Vegas – 2019” xalqaro ko‘rgazmasi an’anaviy nufuzli tadbir sifatida dunyo bo‘yicha to‘qimachilik sohasi vakillarini bir maqsadga birlashtiradi. Uning bu galgi tadbirida butun dunyodan qiymati 1 trillion dollar bo‘lgan jahon moda industriyasiga xizmat ko‘rsatuvchi qariyb 100 ming (brend tutuvchilar, chakana savdo va ulgurji savdogarlar va boshqalar) ishtirokchi jamlandi.

150 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan ko‘rgazma pavilonlarida bir vaqtning o‘zida 12 ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma tashkil etildi.

1 901
O‘zA