O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston aholisi 33 million bo‘lmasligi mumkin

O‘zbekiston aholisi 33 million bo‘lmasligi mumkin

Avval xabar berganimizdek, 2022 yilda O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir jahon standartlari asosida maksimal mukammallikda o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Ayni damdagi aholi ro‘yxati xato bo‘lib chiqishi ehtimoli bor. Ya’ni O‘zbekiston aholisi 33 milliondan ko‘p yoki kam bo‘lishi ham mumkin. 

BMT tavsiyasiga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish tartibi har 10 yilda o‘tkazilishi lozim. 

O‘zbekistonda 30 yil ichida o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatga olish tadbiriga 150 ming kishi jalb etiladi. Bundan keyin har 10 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. 

Bu yil qo‘shni davlatlardan Qozog‘istonda ham aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi.

1 136
O‘zA