Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2017 12:58 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining plenumi bo‘lib o‘tdi

Plenumda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak» mavzuidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqadigan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ilm-fan, ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash sohasida aholi manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash, ularning ijrosini ta’minlash, partiyaviy loyihalar doirasidagi ishlarni rivojlantirish ishlari belgilab olindi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda joylarda uyushmagan yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish, ularda siyosiy bilim va vatanparvarlik hissini oshirish uchun senatorlar, deputatlar, turli sohalarning ilg‘or vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish zarurligi haqida taklif-mulohazalar bildirildi.

Plenumda O‘zbekiston «Adolat» SDP siyosiy kengashi bilan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
2 321






Все о погоде - Pogoda.uz