O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbek va ozar xalqlarining mustahkam do‘stligi ramzi

O‘zbek va ozar xalqlarining mustahkam do‘stligi ramzi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon til va madaniyat markazi tashkil etildi.

Markazning ochilishida Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari Samir Abbasov, ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov va ozarbayjonlik ko‘plab adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar va o‘zbek olimlari, matbuot vakillari ishtirok etdi.

Mazkur markaz ikki qardosh xalqning mustahkam do‘stligi ramzigina emas, balki mushtarak adabiyot, qadimgi turkiy tilimizni tadqiq etish ilmiy dargohi hamdir. Bu markazda she’riyat kechalari, qiziqarli adabiy tadbirlar, kitobxonlik to‘garaklari faoliyat yuritadi.

Alohida ta’kidlash joizki, markazda ilk mushoira kechasi mehmoni ozarbayjonlik shoira, davlat arbobi So‘na Valieva bo‘ldi. Shoira ozar tilida ajoyib she’rlar o‘qir eean, uni bemalol o‘zbek o‘quvchisi ham tushuna oladi. Negaki, bu ikki qardosh til vakillari uchun tilmoch ham shart emas. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida A.S.Pushkin nomidagi rus tili va adabiyoti markazi, turk tili va adabiyoti markazi ochilgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi ular qatoriga Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon til va madaniyat markazining qo‘shilishi talabalar hamda ustozlar uchun ulkan sovg‘a bo‘ldi. 

255
O‘zA