O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

04.09.2018 10:34 Chop etish versiyasi

Oʻzbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatildi

Oʻzbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatildi

Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, xususan, yoʻlovchi sayyohlarning koʻzlangan manzil boʻylab toʻgʻri harakatlanishini taʼminlash maqsadida yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

photo5199795834890332753.jpg

Viloyat turizmni rivojlantirish departamentidan maʼlum qilishlaricha, “Bektemir – Chirchiq – Gʻazalkent – Chorvoq“, “Bektemir – Yuqori Chirchiq – Gʻazalkent – Chorvoq“, “Chorvoq“ erkin turistik zonasi va viloyatning turistlar oqimi yuqori boʻlgan yoʻllari boʻylab oʻzbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatilgan.

photo5199795834890332754.jpg

Maʼlumotlarga koʻra, Boʻstonliq tumanida 10 yoʻnalish boʻylab 62 turistik maskan joylashgan boʻlib, mazkur turistik obyektlarga olib boruvchi 370 kilometr masofadagi yoʻllar boʻylab ham yoʻl belgilarini oʻrnatish ishlari yakunlangan.

A.Xudoyqulov, OʻzA