Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.10.2017 17:14 Chop etish versiyasi

O‘zbek tili – faxrimiz

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 28 yilligiga bag‘ishlab “Til va ma’naviyat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Universitet prorektori M.Komilov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori M.Azizov va boshqalar ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirish, davlat va jamoat tashkilotlarida “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– O‘tgan yigirma sakkiz yil ichida ona tilimizning mavqeini yuksaltirish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirildi, – deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Baxtiyor Mengliyev. – Bugungi kunda davlat ahamiyatiga molik yirik uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar, tadbirlar, nufuzli sport musobaqalarida o‘zbek tili faol qo‘llanilmoqda. Ona tilimizning ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy ilm-fanning barcha yo‘nalishlari, iqtisodiyot, bank-moliya tizimida keng ishlatilayotgani uning imkoniyatlari nechog‘li yuqori ekanidan dalolatdir.

Tadbirda yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, uning taqdiri uchun daxldorlik, fidoyilik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishda ona tilimiz asosiy omillardan ekani haqida so‘z yuritildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 436






Все о погоде - Pogoda.uz