O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbek shoirasi Ozarbayjon Yozuvchilar birligi a’zosi bo‘ldi

O‘zbek shoirasi Ozarbayjon Yozuvchilar birligi a’zosi bo‘ldi

“Kitob dunyosi” gazetasining bosh muharriri, shoira, tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xosiyat Rustamova Ozarbayjon Yozuvchilar birligining faxriy a’zosi bo‘ldi.

Shoira Xosiyat Rustamova va u rahbarlik qilayotgan “Kitob dunyosi“ gazetasi Ozarbayjon hamda O‘zbekistonlik ijodkorlar o‘rtasidagi adabiy do‘stlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. 

“Osmondagi uy” (1997), “Najot” (2003), “Rido” (2004), “Devor” (2006), “40;0“, “Avgust“ kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. M. svetaeva, A. Axmatovaning ayrim she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 

Asarlari chet tillariga tarjima qilinib, xorijda ham ko‘plab kitoblari nashrdan chiqqan. Jumladan, Turkiyada “Ertasi yo‘q kunlar“, Ozarbayjonda “Qo‘rqinch“ deb nomlangan kitobi va boshqa ko‘pgina asarlari chop etilgan. 

“Shuhrat” medali bilan taqdirlangan (2004). Ayni vaqtda shoira, dramaturg va tarjimon sifatida nafaqat yurtimizda, balki dunyoning ko‘p mamlakatlarida yaxshi tanishadi. Bir necha Xalqaro mukofotlar sovrindori. 

Jumladan, 2015 yilda Ozarbayjonda Mikoil Mushfiq nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. 

2018 yil Londonda “Yevroosiyo ijodiy Gildiya“ nufuzli xalqaro tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Yevraziya 2018“ (OEBF) 7-xalqaro konkursida “She’riyat“ nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni olgan va “Rangli ko‘zyoshlar“ nomli kitobi Londonda chop etilish arafasida.

* * *
Tasodifan keldi va ketdi shamol...
Derazam xo‘rsindi, og‘ir oldi tin.
Ko‘chada aylanib yurib bemalol-
Yuragimni etdi ostin va ustun.

Qaysi ko‘chalarga boshlab ketdi u, 
Mening hayotimni chiqarib izdan.
Tumanday tarqaldi mendagi qo‘rquv-
Kechagi kunimdan qolmadi iz ham.

Qanday sevgan edim seni o‘sha kun,
Yo‘llarda daraxtlar, ko‘kda oy guvoh!
Shu’lalar odimlab ketgandi uzun-
Yerlar ketgan edi mendan chuqurroq....

Xayolim parishon, jonim titroqda...
Ruhim darchalari ochilgandi keng.
Mendan ancha baland, yuqoriroqda-
Yaxshiyam bor eding, bor eding, Sen...Sen...

246
O‘zA