O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbek kinorejissyori xalqaro festivalida hakamlar hay’atiga raislik qildi

O‘zbek kinorejissyori xalqaro festivalida hakamlar hay’atiga raislik qildi

Turk dunyosi kinoijodkorlari uyushmasi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Turk dunyosi hujjatli filmlarining xalqaro kinofestivali bu yili to‘rtinchi marta Istanbul shahrida o‘tkazildi. 

Ushbu nufuzli kinofestivalda turkiy tilli davlatlardan “ 9 mamlakat 9 shahar” shiori ostida kinoijodkorlar guruhi o‘zlarining hujjatli filmlari bilan qatnashishdi. Mazkur nufuzli kinofestivalda taniqli o‘zbek rejissyori Shuhrat Mahmudov hakamlar hay’atiga raislik qildi. Bu haqida “O‘zbekkino“ agentligi xabar bermoqda.

Xalqaro tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan hujjatli film prodyuserlari va rejissyorlari ishtirok etdi. 

Tanlovda professional kategoriyada oliy mukofotni turkiyalik rejissyor Neyla Demirchining “Yuzma-yuz“ hujjatli filmi, ikkinchi mukofotni misrlik Maryam Al Marakeshiyning “Tranzit“, uchinchi o‘rinni turkiyalik rejissyorning “Vatanga ketarkan...“ hujjatli filmlari qo‘lga kiritdi.

1 006
O‘zA