O‘zA O`zbek

22.05.2018 12:31 Chop etish versiyasi

O‘zbek gilosining eksport miqdori ilk bor, to‘rt barobarga ortdi

O‘zbek gilosining eksport miqdori ilk bor, to‘rt barobarga ortdi
“O‘zagroeksport” kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, bu ko‘rsatgich o‘sishda davom etmoqda. Qayd etish joizki, kompaniya bu yildan e’tiboran ilk bor meva-sabzavotlarning eksport narxlarini keng ommaga e’lon qila boshladi. Natijada eksport mavsumi boshlanishi yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda. 

Ayni vaqtda gilosning eksport narxlari e’lon qilinganda so‘ng mamlakatimizdan ushbu mahsulotning jahon bozorlariga yo‘l olishi yanada jadallashmoqda. Narxning barqarorligi natijasida 2018 yilning 20 mayigacha qiymati 30 million dollarlik 7 ming tonnadan ziyod gilos eksport qilindi. Agarda 2017 yilning shu davrdagi natijalar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, o‘tgan yili 7,5 million dollarlik 2 ming 516 tonna gilos eksportga chiqarilgan.

Misol uchun, bu yilgi gilos hosili 4 dollargacha bo‘lgan narxda eksport qilinmoqda. Uning o‘tgan yilgi bahosi 2 dollar atrofida edi.
Vaholanki, Amerika, Turkiya, Chili kabi davlatlar gilosning kilosini 6 dollardan 15 dollargacha bo‘lgan bahoda eksport qilmoqda.

Ayni vaqtda gilosning qiymati 4 barobarga oshirilgan bo‘lsa-da, jahon bozorlarida unga bo‘lgan kamaygani yo‘q. Eng asosiysi, mevalarni kecha-yu kunduz parvarishlagan mirishkor dehqonlarimiz ushbu mavsum hosilidan salmoqli daromad olishni boshlashdi. Bu esa ular tomonidan yangi bog‘lar barpo etilishi uchun zamin yaratmoqda. 

O‘zA
2 438