O‘zA O`zbek

17.12.2019 Chop etish versiyasi

“O‘zatom”: boshqaruv organi qanchalik kuchli bo‘lsa, dastur shunchalik xavfsiz va muvaffaqiyatli bo‘ladi

“O‘zatom”: boshqaruv organi qanchalik kuchli bo‘lsa, dastur shunchalik xavfsiz va muvaffaqiyatli bo‘ladi

O‘zbekistonda atom energiyasidan foydalanishning milliy siyosatini va strategik yo‘nalishlarini tayyorlash hamda amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan “ O‘zatom” agentligi Atom energiyasi xalqaro agentligi (MAGATE) boshqaruv kengashi tomonidan to‘rtta loyiha tasdiqlaganini e’lon qiladi. Bu haqida “O‘zatom“ agentligi ma’lum qildi.

Kelishuv O‘zbekiston va MAGATE o‘rtasidagi Texnik hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, ular texnik imkoniyatlarni va inson resurslarini oshirish, yadroviy infratuzilmani rivojlantirish, O‘zbekistonda atom energiyasidan tinch foydalanish sharoitida yadro-radiatsion xavfsizlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Dastur O‘zbekistondagi yadroviy ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni kuchaytirish, tibbiyotda va iqtisodiyotning boshqa sohalarida zamonaviy yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, yadro energetikasi to‘g‘risidagi bilimlarni tarqatishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston 2019 yil davomida Atom energiyasi dasturini amalga oshirish bo‘yicha MAGATE bilan yaqindan ish olib bordi va erishilgan kelishuvlar O‘zbekistonning yadro energetikasini muvofiqlashtirish bo‘yicha xalqaro organ bilan aloqalarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga imkon berdi.

“O‘zatom” me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish borasida MAGATE bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga umid qilmoqda. “O‘zatom” boshqaruv organi qanchalik kuchli bo‘lsa, dastur shunchalik xavfsiz va muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov bu haqda shunday dedi: 

– Biz yadro energetika dasturimizni amalga oshirish yo‘lida MAGATE bilan yonma-yon bormoqdamiz. Eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash bilan birga O‘zbekistondagi yadro energetikasi va yadro texnologiyalari sohasidagi bilimlarni takomillashtirish bizning ustuvor vazifalarimizdir.

Erishilgan kelishuvlar uchun MAGATEdan minnatdormiz. Biz keyingi tavsiyalar va ruxsatlarni olishga umid qilamiz.

1 355
O‘zA