O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqda

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqda

Shvesiyaning “SSAB” kompaniyasi ishbilarmonlari “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur kompaniya po‘lat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Ular ishlab chiqargan mahsulotlar o‘zining yuqori sifati va raqobatbardoshligi bilan jahonning ko‘plab mamlakatlarida o‘z o‘rniga ega. Mazkur uchrashuv imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va tashqi bozordagi o‘rnini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarida fikrlashdi.

– Ushbu tashrif o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga imkon yaratadi, – deydi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Muxtor Karimov.

Tashrif doirasida mehmonlar jamiyat faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnikalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

961
A.Musaev, O‘zA