Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.06.2018 14:09 Chop etish versiyasi

“O‘zagroeksport”: piyozni taqdiri nima bo‘ldi?

“O‘zagroeksport”: piyozni taqdiri nima bo‘ldi?
“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, surxondaryolik fermer va dehqonlardan xarid qilingan, piyozni eksport qilish boshlandi. Xususan, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on va Oltinsoy tumanlaridagi fermer va dehqonlardan1 ming 200 so‘mdan xarid qilingan 675 tonna piyoz Rossiya jo‘natildi.

– Oilamiz bilan 20 sotixda piyoz yetishtirdik, - deydi Abdumurod Choriyev. –Ana shu hosilni 15 tonnasini “O‘zagroeksport” kompaniyasi tizimidagi “To‘lqinbekaistiqbol” firmasi 1200 so‘mdan xarid qildi. Pullarimizni oldik. Qolgan hosilni ichki bozorga yetkazib beramiz.

Qayd etish joizki, mamlakatimizda paxtadan bo‘shagan maydonlarda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hajmi yildan - yilga ortib bormoqda. Jumladan, zaxmatkash dehqonlarimiz piyozni ham ko‘p miqdorda yetishtirmoqda. Natijada aholining ushbu mahsulotga bo‘lgan talabi to‘liq ta’minlanmoqda.“O‘zagroeksport” aholi iste’molidan ortgan qismini eksportga yo‘naltirmoqda.

O‘zA
2 840