O‘zA O`zbek

23.09.2019 Chop etish versiyasi

O‘zA xabarlari (+video)

O‘zA xabarlari (+video)

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi uza.uz saytining "O‘zA xabarlari" dasturi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘tgan bir haftada ro‘y bergan eng muhim xabarlar, hafta yangiliklari, saytimizda yoritilgan dolzarb, tahliliy material va sharhlarning qisqacha mazmuni tanishing.

16 sentabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Meksika Qo‘shma Shtatlari Prezidentini milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

“Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qilish haqida” O‘zbekiston Respublikasining q o n u n i qabul qilindi.

17 sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

18 sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Chili Respublikasi Prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ayrim noxolis axborotlarga rasmiy munosabat bildirdi.

20 sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

“O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon e’lon qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

21 sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologislarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

TAYINLOVLAR:

18 sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimlariga Ahadbek Haydarov Yahyobekovich va Ergashev Abdimuxtor Ergashevichlar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga Bahrom Ashrafxonov Bahodirovich tayinlandi.

19 sentabr

Prezident qaroriga muvofiq, Ulug‘bek Ahmadovich A’zamov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Prezident qaroriga muvofiq Adliya vaziriga bir vaqtning o‘zida ikki o‘rinbosar tayinlandi. Rahim Hakimov Rasuljonovich – Toshkent davlat yuridik universiteti rektorligiga va To‘lqin Abdusattarov Sayfullaevich – Intellektual mulk agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich Farg‘ona viloyati, Turdiev Sadriddin Abdullaevich Surxondaryo viloyati prokurori lavozimlariga tayinlandi.

Surxondaryo viloyatida o‘tgan haftada hokimlik tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Samatov Xolmamat Jo‘raevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga shu kungacha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Begimqulov Chori Rahmonovich tayinlandi.

Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa tumanga yangi hokim Jo‘raev Asqarali Chorievich tayinlandi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa shu kungacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Gapparov Rahmatullo Boboxonovich tuman hokimi etib tasdiqlandi.

20 sentabr.

Surxondaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Xudoyberganov Hayitovich Sho‘rchi tumani hokimi etib tasdiqlandi.

21 sentabr

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kungacha Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilgan Bahrom Tursunov Boboxonovich tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Hafta munozarasi.

“O‘lim kokteyl”lari yoxud telekanallarda "urchiyotgan" qimor ko‘rinishidagi ko‘rsatuvlar...”

Ushbu materialda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz “Aksiyali” shoular va dasturlarga ishonib chuv tushayotgani, energetik ichimliklariga quyilgan yutuqlarga qiziqib, hatto mahsulotning ta’mi va tarkibini bilmasdan, ko‘r-ko‘rona sotib olib iste’mol qilayotgani, bunday ichimliklardan Yevropa davlatlari allaqachon “o‘lim kokteyli” deya voz kechayotgani fakt sifatida keltirilgan va anashunday tahlillar misolida mavzu ochib berilgan.

“Adabiy tilni asrash uchun unga qo‘riqchilar kerak” sarlavhali maqola ham saytimiz kuzatuvchilari tomonidan muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda muallif Zokir XUDOYShUKUROV, poytaxtimiz ko‘chalaridagi e’lon va reklamalar, savdo shoxobchalari peshtoqidagi ajnabiy so‘zlar bilan bitilgan nomlarini tilimizga katta hurmatsizlik deya baholab, jurnalist bu borada muayyan tizim yaratish, ya’ni maxsus vakolatli komissiya zarurligi haqidagi taklif bilan chiqdi.

“Sopi o‘zimizdan” yoxud nega Namanganda jurnalist faoliyatiga to‘siq qo‘yilmoqda?” Ushbu sarlavhali maqolada, jurnalistlarning erkin faoliyatiga Namangan viloyatida ayrim shaxslar tomonidan to‘siq qo‘yilayotgani haqida gap boradi. Namangan viloyatidagi bir nechta muammolarni ko‘tarib chiqqan jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovga nisbatan ayni paytda ta’qib bo‘lyotgani, shu bois xodim xavfsizligi uchun mamlakatimizning huquq-tartibot idoralari mutasaddilaridan holatni o‘rganib chiqishlarini rasmiy ravishda so‘radi. “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri Maqsud JONIXONOV tomonidan qalamga olingan ushbu muammoli holatga o‘ylaymizki mutasaddi idoralar e’tiborini qaratishadi. O‘zA sayti muxbirlari esa voqealarning keyingi tafsilotlari bilan sizni tanishtirib borishda davom etadi. 


5 722
O'zA