O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

O‘zA XABARLARI: bugun 21 oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun (+VIDEO)

O‘zA XABARLARI: bugun 21 oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun (+VIDEO)

O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy hayotida ro‘y bergan eng muhim voqealar talqini bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi uza.uz saytining “O‘zA xabarlari“ axborot-tahliliy dasturi orqali sizni tanishtirishda davom etamiz...

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga bu yil ushbu muhim voqelikka 30 yil to‘ldi. 30 yil, bu – oz muddat emas aslida. Chorak asr mobaynida bong urayotganimiz – o‘zbek tili muhofazasi yo‘lidagi chaqiriqlar, eslatmalar, tanqidlar bugun qay darajada o‘zini oqlayapti?

Aynan bugun yutuqlarimiz bilan birga bu boradagi ko‘zga tashlanayotgan kamchiliklar ham yo‘q emas. Hafta davomida saytimizda til mavzusida yoritilgan xabar va tahliliy materiallar jamoatchilikning diqqat markazida bo‘lib turdi.

Hafta davomida berib borilgan xabarlar ichida tanqidlar bilan birga Davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin o‘tgan 30 yil davomida ma’lum ishlar amalga oshirilgani, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi uza.uz saytining "O‘zA xabarlari" dasturi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘tgan bir haftada ro‘y bergan eng muhim xabarlar, hafta yangiliklari, saytimizda yoritilgan dolzarb, tahliliy material va sharhlarning qisqacha mazmuni tanishing.

501
O‘zA