O‘zA O`zbek

22.08.2018 15:17 Chop etish versiyasi

O‘zA fotomuxbiri – g‘olib

O‘zA fotomuxbiri – g‘olib Termiz shahrida “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi yakunlandi.

Mamlakatimizda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlov ijodkorlar mehnatini rag‘batlantirish, ijodiy ishlarini munosib e’tirof etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Joriy yilgi tanlovda 52 ijodkor 250 dan ortiq ijodiy ishi bilan ishtirok etdi. Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari nominatsiyasida birinchi o‘ringa “Surxon yoshlari” gazetasi bosh muharriri, shoir I. Shomirov, Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining ijodiy ishlari yo‘nalishida viloyat “Surxon tongi” va “ Zarya Surxana” gazetalari tahririyati mas’ul kotibi U.Normatov, Internet yo‘nalishidagi ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari nominatsiyasida respublika “Mahalla” gazetasi va veb-saytining viloyatdagi muxbiri N.Shoyeva sazovor bo‘ldi. Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari yo‘nalishida Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi muharriri M.To‘rayev, Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari nominatsiyasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligining viloyatdagi fotomuxbiri J.Qo‘zimurodovlar faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tanlov tashkilotchilarining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

X.Mamatrayimov, O‘zA
1 946