O‘zA O`zbek

02.05.2020 Chop etish versiyasi

OʻzA “Bir quti saxovat!” aksiyasini eʼlon qiladi

OʻzA “Bir quti saxovat!” aksiyasini eʼlon qiladi


Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilib, yuzlab yurtdoshlarimiz boshpanasiz qoldi. Ular bugun yordamga muhtoj. Har birimiz alohida muammolarni yecha olmasligimiz mumkin, lekin biz birlashsak katta kuchga aylanamiz!

Biz bilan birga “Bir quti saxovat!” aksiyasiga qoʻshiling!

Esingizda, avvallari ming-minglar sarflab, Ramazonda iftorliklar qilardik, bugun shu iftorlik mablagʻini yordamga, saxovatga ajratish imkoni bor!

Buning uchun OʻzA — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda Sirdaryodagi ofat jabrdiydalariga yordam aksiyasiga qoʻshilib, yurtoshlaringiz dasturxoniga oziq-ovqatlar (shirinliklar, guruch, yogʻ, un, tuxum kabilar), gigiyenik vositalar (salomatlik va kir yuvish vositalari, bolalar uchun kerakli buyumlar va h.k.), kiyim-kechaklar, bolalar uchun oʻyinchoqlar yuborishingiz mumkin.

Tuhfalaringizni olib kelish imkoningiz boʻlmasa, oʻzimiz borib, olamiz.

Pul oʻtkazish orqali yordam bermoqchi boʻlsangiz quyidagi plastik karta raqamiga mablagʻ oʻtkazishingiz mumkin:

8600 0202 7926 1981

(Karta aksiyada koʻngilli sifatida ishtirok etayotgan Roʻziboyeva Muattarga tegishli.)

Chet elda yordam qilmoqchi boʻlganlar uchun UnionPay 6262470096849588

(Karta aksiyada ishtirok etayotgan muxbirimiz Nozima Toshpoʻlatovaga tegishli)

Shuningdek, yordamga muhtoj jabrdiydalar ham biz bilan bogʻlanishlari mumkin.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Buyuk Turon koʻchasi 42.

Muxbirlarimiz sizning qoʻngʻirogʻingizga javob berishadi:

Telefonlar:

(91) 137 30 82,

(90) 959 76 62,

(90) 320 46 10,

(93) 571 72 35,

(93) 577 05 82,

(90) 333-90-96

Savollar uchun — telegram manzil: @UzA_pochta, uzauz@yandex.ru pochta manzili ham ishlab turibdi.

Sizning “Saxovat qutingiz” oʻz egalariga yetib borishi kafolatlangan! Hisobotlar uza.uz sayti va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali muntazam berib boriladi!

Shuningdek, alohida ochilgan @uzayordam kanalida jarayonni toʻliq kuzatib borasiz.


2 339
O'zA