O‘zA O`zbek

15.10.2019 Chop etish versiyasi

Oʻz huquqlarini himoya qilgan shaxs maktab direktori lavozimiga qayta tiklandi

Oʻz huquqlarini himoya qilgan shaxs maktab direktori lavozimiga qayta tiklandi

Mehnat sohasida inson huquqlarini taʼminlash shaxsning jamiyatda munosib mavqega ega boʻlishda yetakchi oʻrin tutadi.

Afsuski, baʼzan mehnat qilish sohasida inson huquqlari poymol etilishi holatlari ham yuzaga kelmoqda.

Mana shunday holatda fuqaro E.Xolmirzayev buzilgan huquqlarini tiklash uchun sudga murojaat qildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining 2019-yil 17-sentyabr kungi ijro varaqasiga asosan daʼvogar E.Xolmirzayevni Andijon viloyati Paxtaobod tumani Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 14-sonli umumtaʼlim maktabi direktori lavozimiga ishga tiklash belgilandi.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Andijon shahar boʻlimiga 25.09.2019-yilda kelib tushdi va davlat ijrochisi Z.A.Hurmamatov tomonidan ushbu ijro hujjati darhol ijroga qaratildi.

Davlat ijrochisining qaror bilan Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻiga E.Xolmirzayevni maktab direktori lavozimiga ishga tiklash majburiyati yuklatildi.

Lekin, boshqarma boshligʻi tomonidan ushbu majburiyatni bajarish paysalga solingan edi, qonun talablari tushuntirilganidan soʻng E.Xolmirzayev ishga tiklandi.

1 427
OʻzA