Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2018 16:42 Chop etish versiyasi

O‘z egasini “topolmagan” atirlar

O‘z egasini “topolmagan” atirlar Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir-yo‘l chegara bojxona postida “Ufa-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi B.Ziyayev (maqoladagi ism-familiya o‘zgartirilgan) 343 dona atir upalarni noqonuniy yo‘l bilan olib kirayotganda qo‘lga olindi.

Poyezd vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yuklar orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.

Baholash hisobotiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati salkam 13,5 million so‘mni tashkil etadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom etirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublikamizga chetdan olib kiriladigan parfyumeriya va kosmetika vositalari davlat tilida markalanishi shart. Shuningdek, yurtdoshlarimiz salomatligini muhofaza qilish maqsadida bu turdagi tovarlar majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga ham kiritilgan.

O‘zA
7 815