Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 19:52 Chop etish versiyasi

O‘z bolangni o‘zing asra!

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 75-bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan davra suhbati shunday nomlandi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir Prezidentimizning joriy yil 15-iyun kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan ma’ruzasida belgilangan vazifalar ijrosi va O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentabrdagi “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Partiya viloyat va tuman kengashlari xodimlari, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi vakillari, xotin-qizlar va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda yoshlarning ongu qalbini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga zid g‘oyalarlardan asrash, ularni jismonan va ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining ta’lim muassasalari va jamoat joylarida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bugun barchamizning vazifamiz bo‘lmog‘i lozim.

– Partiyamiz tomonidan yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan turli loyihalar amalga oshirilmoqda, – deydi partiya viloyat kengashi mutaxassisi V.Shodiyeva. – Shu kunlarda “Eng yosh kitobxon oila” Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlov oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish, ayniqsa, yoshlarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

Davra suhbatida partiyaning “Xizmat – beminnat”, “Eng yaxshi hunarmand ayol” loyihalari hamda “XXI asr ayoli”, “Navoiy vorislari” kabi tanlovlari, partiya tomonidan amalga oshirilayotgan turli ijtimoiy loyihalar va ularning ahamiyati xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 977






Все о погоде - Pogoda.uz