O‘zA O`zbek

11.09.2018 17:48 Chop etish versiyasi

Oʻtmishning yorqin koʻzgusi

Oʻtmishning yorqin koʻzgusi
Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyida 1914 yilda tadbirkor Obidjon Mahmudov ilk bor tashkil etgan bosmaxonada Ashurali Zohiriy muharrirligida chop etilgan “Sadoi Fargʻona” gazetasi saqlanayotir. Gazeta Margʻilon shahrida maxsus nafis ipakdan toʻqilgan oq, harir shohiga bosilgan birinchi sonidir. Qimmatbaho eksponat oradan 114 yil oʻtgan boʻlsa-da,yorqinligini yoʻqotmagan.

“Sadoi Fargʻona”ning shu kungacha saqlanib qolgan sonlarini varaqlar ekansiz, XX asr boshidagi siyosiy, ijtimoiy, axloqiy muhit va ziyolilar maʼnaviyati, nuqtai nazari haqida tasavvurga ega boʻlasiz.

Gazetaning ilk soni tarixchi olimlar taʼkidlashicha, 100 ta oq shohi mato va 1500-1700 ta qogʻozga bosib tarqatilgan.

10.JPG

12.JPG


Muqimjon Qodirov (surat) OʻzA
1 127