O‘zA O`zbek

10.08.2018 16:57 Chop etish versiyasi

O‘rmonlar uchun yangi monitor tizimi yaratiladi

O‘rmonlar uchun yangi monitor tizimi yaratiladi O‘zbekiston Kavkaz va Markaziy Osiyodagi 2,5 million gektar yerning holatini yaxshilash va tiklashda ishtirok etmoqda. Loyihaga ko‘ra, bu natijaga 2030 yilda erishiladi. Bu loyihada Gruziya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari ishtirok etmoqda.
Ana shu loyiha doirasida poytaxtimizda o‘rmon xo‘jaligi sohasida hisobot yuritish va ma’lumotlar to‘plash mavzusidagi seminarda qator yangiliklar haqida so‘z yuritildi.
– O‘rmonlar O‘zbekistonda muhim ahamiyatga ega, – deydi Rossiya o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislarining malakasini oshirish instituti prorektori Irina Vukolova. – Shu bois yurtingizda o‘rmonlarni yuritish va ular haqidagi ma’lumotlarni shakllantirishda ishtirok etmoqchiman. Bu borada o‘zimiz olib borayotgan izlanishlarni aytib berdim.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining mutaxassislari ayni vaqtda davlat o‘rmon fondi 11 million 600 ming gektar bo‘lib, undagi ko‘rsatkichlarni aniq bir tizimga keltirish choralari ko‘rilayotgani haqida ma’lum qilishdi.
Buning uchun endilikda barcha ma’lumotlar bazasi va ularni joylashtirish ko‘rsatkichi yaratiladi. Misol uchun, qancha o‘rmon barpo etildi, o‘rmon hududi qancha, shundan zararlangan hudud yoki yangi ko‘chatzorlar, yangi ishchi o‘rinlari qancha, kabi savollarga doimiy javob berib boriladi.

O‘zA
3 225