O‘zA O`zbek

16.08.2018 09:17 Chop etish versiyasi

O‘rmon xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtirildi

O‘rmon xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtirildi
Endilikda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati Toshkent viloyati mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Endilikda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati Toshkent viloyati mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasining teng yarmi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, qaror bilan Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, mazkur hududlarda ishlovchi xodimlar va inspektorlar doimiy yashash joyidan boshqa joyda bo‘lganligi uchun ularga eng kam ish haqining uch baravari (552 900 so‘m) miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilandi.

Bundan tashqari, har oyda yo‘l transportiga eng kam ish haqining bir baravarigacha (184 300 so‘m) hamda tushlik ovqatlanish xarajatlariga eng kam ish haqining ikki baravarigacha (368 600 so‘m) to‘lov amalga oshiriladi.

O‘zA
2 433