O‘zA O`zbek

31.08.2018 13:41 Chop etish versiyasi

Oʻquvchilarga bayram sovgʻasi

Oʻquvchilarga bayram sovgʻasi
Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!

Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida Andijon viloyatida yangidan barpo etilgan 5 ta umumtaʼlim maktabi foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, 4 ta maktab rekonstruksiya qilindi, yana 11 tasi kapital taʼmirlandi, 3 tamaktabda sport zali barpo etildi. Buning uchun 57 milliard 700 million soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi.

Umuman, viloyatdagi 740 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarning zamonaviy bilim olishi uchun barcha sharoit yaratildi. Jumladan, joriy yilda Izboskan tumanidagi “Choʻrtanliq“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida 216 oʻrinli yangi maktab binosi qad rostladi. Umumiy loyiha qiymati 3 milliard 204 million soʻm boʻlgan 2 qavatli mazkurtaʼlimmaskani “Bill-21” MCHJ bunyodkorlari tomonidan bunyod etildi.

– Zamonaviy qiyofada kasb etgan va barcha sharoitlar yaratilgan ushbutaʼlim maskani qishloq yoshlariga haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi, – deydi maktab direktori Azamat Hasanov. – 14 oʻquv xonasi, shuningdek, fizika, kimyo, oʻquv-laboratoriya, kompyuter xonalari, axbort-resurs makazi yangi oʻquv yiliga shay holga keltirildi. Avval bu hududda maktab boʻlmagani uchun oʻquvchilar qoʻshni qishloqdagi maktabga qatnar edi.

Faxriddin Ubaydullayev, OʻzA
1 364