O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻquvchilar xizmat qasamyodini qabul qilish tartibi bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2-Toshkent akademik litseyida IIV akademiyasi yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 6-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-yoshlar, kursantlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida oʻquvchilar xizmat qasamyodini qabul qilish tartibi va akademiyada oʻqish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Kursantlar tomonidan namunali chiqishlari namoyish etildi, akademiya badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolarining vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari oʻquvchilarga zavq bagʻishladi.

1 928
G.Boboyeva, OʻzA