Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 11:28 Chop etish versiyasi

O‘quvchi o‘qishga nega kelmaydi? Davomatni yaxshilash uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Kasb-hunar kollejining o‘quvchisi dars mashg‘ulotlariga sababsiz kelmayapti yoki muntazam qatnashmayapti. Xo‘sh, o‘quvchi nima uchun darsga kelmadi? Ta’lim maskanida davomatni yaxshilash uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq pedagogika kollejida bo‘lib o‘tgan “Eng namunali ta’lim muassasasi” mavzusidagi seminarda ana shu savollarga javob izlandi. Unda viloyatdagi kasb-hunar kollejlari direktorlari, ichki ishlar xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, Yoshlar ittifoqi va boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda har hafta payshanba kunlari o‘tkazilayotgan jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika tadbirlari o‘z samarasini bermoqda. Buni yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning sezilarli darajada kamayayotgani misolida ham ko‘rish mumkin. Viloyat mahalla fuqarolar yig‘inlarida tuzilgan maxsus ishchi guruhlar tomonidan o‘qishga kelmayotgan o‘quvchilar nazoratini olib borish va ularni o‘qishga qaytarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qatnashishi va o‘zlashtirishi monitoringi yo‘lga qo‘yilgan.

– Kollejimizda 497 nafar o‘quvchi to‘rt yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda, – deydi Oltiariq pedagogika kolleji direktori Shohista Salimova. – To‘g‘risi, bugun ba’zi kollejlarimizda davomat masalasi yaxshi emas. Shuning uchun ham bunga biz alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Ichki ishlar xodimlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida davomat to‘liqligi ta’minlanmoqda. Ikki o‘quvchimiz mashg‘ulotlarga sababsiz qatnashmay kelayotgan edi. Avvalo, ularning oilaviy sharoiti o‘rganildi, ota-onasi bilan suhbatlashildi, natijada ta’limga jalb qilinishiga erishildi.

Yoshlar hech qachon nazoratsiz qolmasligi kerak. Chunki yoshlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning sababi aynan nazoratsizlikdir. Bugungi kunda viloyatdagi ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlariga uzrli sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilib, ularning har biriga nisbatan alohida nazorat yig‘ma jildi yuritilmoqda. Darsga qatnashmayotganlarning har biri bilan ta’limga qamrab olish bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
7 587