O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

05.09.2018 20:51 Chop etish versiyasi

Oʻquv yili tantanali boshlandi

Oʻquv yili tantanali boshlandi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yiliga chorlovchi birinchi qoʻngʻiroq yangradi.

Taʼlim maskanida yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrildi. Oʻquv binosida taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilib, sifatli taʼlim jarayoni uchun barcha sharoit yaratildi. Maktab ilgʻor axborot-kommunikatsiya jamlanmalari bilan jihozlandi. Aniq fanlardan chuqurlashtirilgan dars soatlari tashkil etildi.

–Joriy oʻquv yilida maktabimiz 528 nafar oʻquvchini oʻz bagʻriga oldi, –deydi taʼlim maskani direktori Arofat Qodirova. – 22 nafar oʻquvchimiz ushbu oʻquv yilida 11-sinfni tamomlaydi. Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, axborot-taʼlim resurslarini yaratish, xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida oʻquvchilar bilimini boyitish doimiy eʼtiborimizda.

“Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda birinchi sinfga qadam qoʻygan 41 nafar oʻquvchiga darslik va oʻquv qurollari jamlangan Prezident sovgʻasi topshirildi.

Oqil Gʻulomov (surat) OʻzA