O‘zA O`zbek

06.04.2018 15:06 Chop etish versiyasi

O‘quv-taktik mashg‘ulotlar aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi

Toshkent viloyati IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘inlar profilaktikasi doirasida barcha tuman va shaharlarda tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Chirchiq shahridagi "Makro" savdo majmuasida ham fuqarolar, tadbirkorlar va savdo majmuasi ishchilari ishtirokida o‘t o‘chirish bo‘yicha amaliy o‘quv-taktik mashg‘uloti tashkil etildi.

Unda shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi va hamkor tashkilotlar bilan birga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, binodagi ishchilar va fuqarolarni evakuatsiya qilish, hududdagi yong‘inga qarshi suv ta’minotini o‘rganish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va kasb mahorati sinovdan o‘tkazildi.

Yong‘in xavfsizligi xodimlari belgilangan tartib asosida harakat qilib, shartli yong‘in o‘chirildi. Mashg‘ulot yakunida bajarilgan ishlar va aholi tomonidan yo‘l qo‘yiladigan qoidabuzarliklar muhokama qilindi.

Xuddi shunday tadbirlar Angren va Olmaliq shaharlarida ham o‘tkazildi. Unda fuqarolarga yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan boshqa tavsiyalar berildi.

Toshkent viloyatida 111 ta yirik savdo, ko‘ngilochar markazlari, ijtimoiy soha obe’ktlari va bozorlar faoliyat yuritmoqda. Ularda yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan muntazam profilaktik tadbirlar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
3 619