O‘zA O`zbek

15.08.2018 13:52 Chop etish versiyasi

O‘quv qurollarining sifati va dizaynidan xaridorlar mamnun (+foto)

O‘quv qurollarining sifati va dizaynidan xaridorlar mamnun (+foto)

Surxondaryo viloyatida ham yangi o‘quv yili oldidan maktab yarmarkalari ish boshladi.

3.jpg

Ta’lim muassasalari, bozor va savdo majmualarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ushbu yarmarkalar o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan gavjum.

4.jpg

“Termiz-Baqtriya savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tashkil etilgan maktab bozorida keng turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formalari savdosi yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotlar yuqori sifati va dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Savdo nuqtalari terminal, nazorat kassa apparati va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlangan.

5.jpg

J.Qo‘zimurodov (surat), O‘zA
2 147