O‘zA O`zbek

07.08.2018 15:41 Chop etish versiyasi

O‘qotar qurol sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

O‘qotar qurol sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan tezkor ma’lumotni o‘rganish asnosida jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida yashovchi Y.Zulfiya ismli shaxs uyini ta’mirlash vaqtida yerto‘ladan topib olgan 1921-yilga oid “Nagan” to‘pponchasini 500 dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. 

Ushbu holat bo‘yicha IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda tergov jarayonida 49 yoshli ushbu ayolni jinoyat sodir etishga nima majbur qilgani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi.

O‘zA
2 263