Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2018 12:34 Chop etish versiyasi

O‘qituvchilarga qo‘shimcha pul mukofoti berish tartibi ham joriy qilinadi

O‘qituvchilarga qo‘shimcha pul mukofoti berish tartibi ham joriy qilinadi

Pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini joriy qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Prezidentning 2018-yil 14-avgustda qabul qilingan “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Xususan, ushbu hujjatda Xalq ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga ikki oy muddatda hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini joriy qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va asosiy faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish,ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan pedagog kadrlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida imtiyozli shartlarda sog‘lomlashtirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklandi.

Ushbu chora-tadbirlarning samarali hayotga tadbiq etilishi jamiyatda o‘qituvchilik kasbining nufuzini yuksaltirish bilan birga, ta’lim-tarbiya sifatini ham oshirishga xizmat qiladi.

O‘zA
2 143