Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.08.2018 10:56 Chop etish versiyasi

Oʻqituvchilar bir bosh ogʻrigʻidan qutildi

Oʻqituvchilar bir bosh ogʻrigʻidan qutildi
Endi oʻqituvchilardan pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʻlumotlar talab qilinmaydi.

Umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Unga koʻra, umumiy oʻrta taʻlim muassasasining pedagog xodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi quyidagicha belgilandi:

1-4-sinflarda – haftasiga 18 soat;

5-11-sinflarda – haftasiga 20 soat.

Ish reja ikki yoʻnalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat:

oʻquv-tarbiya jarayoniga oid;

oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʻminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.

Yoʻriqnomada keltirib oʻtilganidek, oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʻminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi.

Shuningdek, umumiy oʻrta taʻlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʻlumotlarni talab qilish qatʻiyan taqiqlanadi.

OʻzA
2 984