O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻqishga kiritaman deb aldab ketdi

Oʻqishga kiritaman deb aldab ketdi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tuman IIBga X.X. ismli ayol ustidan shikoyat arizasi kelib tushadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Arizada 2016 yil sentyabr oyida Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi X.X. ismli ayol tanishi Yakkasaroy tumanida yashovchi G.S.ni test sinovlari natijasiga koʻra, past ball toʻplaganligi sababli Toshkent Davlat pedagogika universitetiga apelyatsiya tartibida oʻqishga kirish masalasini hal qilib berishini aytadi. Bu uchun undan 10 ming AQSH dollarini aldov yoʻli bilan olib, ishini hal qilmasdan pullarini qaytarmaydi. 

Xozirda X.X. ismli ayol qoʻlga olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

1 561
O'zA